Kerkukda 50 kishiga oid jasad bor ommaviy qabr topildi

Iroqning Kerkuk shahrida 50 kishiga oid jasad bor ommaviy qabr topildi.

1532652
Kerkukda 50 kishiga oid jasad bor ommaviy qabr topildi

Iroqning Kerkuk shahrida 50 kishiga oid jasad bor ommaviy qabr topildi.

Kerkukdagi harbiy amaliyotlar qo‘mondoni general – leytenant Saad Harbiya, Kerkukning Havije tumani yaqinlaridagi qishloq joylarda, DEASh terror tashkiloti tomonidan o‘ldirilgan 50 kishining jasadi o‘rin olgan ommaviy qabrning topilganini bildirdi.

Ommaviy qabrning mintaqadagi Iroq Federal politsiya kuchining amaliyotlari chog‘ida topilganini ma’lum qilgan Saad Harbiya, qabrdagi jasadlarni olib chiqish uchun kerakli faoliyatlar boshlatilganini qayd etdi.

Jasadlarning kim yoki kimlarga oid ekani hali hanuz noma’lum ekanini ham ifoda etgan Harbiya, ularni aniqlash ishlarining boshlaganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Sobiq Iroq Bosh vaziri Haydar al – Ibadiy, 2017 – yilning 9 – dekabrida tashkilotga qarshi g‘alabaga erishilganini e’lon qilgandi.

DEASh terror tashkilotining mintaqadan chiqarilishi va shaharlarning qaytarib olinishi ustidan 3 yil o‘tishiga qaramay tashkilotning ayniqsa Kerkuk, Diyala, Musul, Salohiddin va Anbar viloyatlarining qishloq mintaqalaridagi hujumlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Kerkuk , #ommaviy qabr

Aloqador xabarlar