Pokistonda TikTok islom diniga hurmatsizlik mavjudligi bois taqiqlandi

Pokiston sudi axloqsiz kontentlar va islom diniga hurmatsizlik mavjudligi bois TikTok ilovasini taqiqladi. Bu oxirgi ikki yil davomidagi uchinchi taqiq bo‘lib, u 8 iyulgacha amal qiladi.

1666826
Pokistonda TikTok islom diniga hurmatsizlik mavjudligi bois taqiqlandi

 

Pokiston sudi axloqsiz kontentlar va islom diniga hurmatsizlik mavjudligi bois TikTok ilovasini taqiqladi.

Bu oxirgi ikki yil davomidagi uchinchi taqiq bo‘lib, u 8 iyulgacha amal qiladi.

Pokiston telekommunikatsiyalar boshqarmasi va TikTok javobgar sifatida Sind viloyati sudida qatnashadi.

Pokistonlik yuristlar guruhi TikTok sababli jinoyatchilik va giyohvandlik moddalari iste'moli oshib borayotgani sababli ilovani taqiqlashni so‘rab, mamlakat oliy sudiga murojaat qilgandi.

Pokistonda TikTok o‘tgan yil oktyabrida taqiqlangan, ammo kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq holda moderatsiya qilishga va'da berganidan so‘ng taqiq bekor qilingandi.

Qisqa videoroliklar yaratish va tomosha qilish uchun mo‘ljallangan TikTok servisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng ko‘p yuklab olingan ilova hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #TikTok , #Pokiston

Aloqador xabarlar