Buchadagi ikkinchi ommaviy qabrdan 8 kishining jasadi chiqarildi

Bucha shahridagi ikkinchi ommaviy qabrdan 8 kishining jasadi chiqarildi.

1811891
Buchadagi ikkinchi ommaviy qabrdan 8 kishining jasadi chiqarildi

Ukrainaning Bucha shahridagi ikkinchi ommaviy qabrdan 8 kishining jasadi chiqarildi.

Mintaqa Rossiya ishg‘oli ostida qolgan paytda, rus askarlari tomonidan o‘ldirilgani iddio etilgan tinch aholining jasadlari chiqarilib, ularning kimga oid ekanini aniqlash uchun sud-tibbiyot muassasalariga yuborilmoqda.

Aziz Andriya cherkovining ichki hovlisida 4 kun avval ochilgan birinchi ommaviy qabrning hamon yonida joylashgan ikkinchi qabrdan qazila boshlangan jasadlar, DNK tahlili uchun raqamlandi va tegishli markazga joʻnatish uchun tayyorlandi.

Jasadlarni chiqarish faoliyatlarini yaqindan kuzatgan Bucha tuman prokurori Ruslan Kravchenko mavzu haqida bergan bayonotida, faqatgina birinchi ochilgan ommaviy qabrdan jami 57 ta jasad topilganini ma’lum qildi.

Jasadlar ustida olib borilgan tekshiruvlar natijasida tinch aholining rus askarlari tomonidan qurol orqali o‘ldirilgani ma’lum bo‘lganini qayd tgan Kravchenko:

“Bu insonlar, evakuatsiya paytida o‘ldirilgan”.-dedi.

Bugun ochilgan ikkinchi qabrdan bugungacha sakkiz kishining jasadi chiqarilar ekan kerakli faoliyatlar davom etmoqda.

Buchadagi ommaviy qabrlardan topilgan jasadlarning aksariyatida bo‘yin, tizza va tananing boshqa qismlarida o‘q izlari kuzatildi.

Ko‘chalardagi jasad tasvirlari bilan dunyo kun tartibiga kirgan va rus armiyasi aprel oyi boshida chiqib ketgan Bucha shahrida, ko‘chalarda o‘ldirilgan tinch aholi va ommaviy qabr tasvirlari katta e’tirozlarga sabab bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Bucha , #ommaviy qabr , #rus askarlari

Aloqador xabarlar