BMT vakili kecha Srebrenitsa xotira markazida oʻtkazilgan rasmiy marosimda ishtirok etdi

Haq: Ndereto, kecha Srebrenitsa xotira markazida oʻtkazilgan rasmiy marosimda ishtirok etib, Srebrenitsa qatliomi qurbonlari (ba’zilari haligacha bedarak), omon qolganlar va ularning oilalari bilan birdamligini ifoda etdi.

1854740
BMT vakili kecha Srebrenitsa xotira markazida oʻtkazilgan rasmiy marosimda ishtirok etdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosniya va Gertsegovinadagi qatliom qurbonlarining oilalari bilan birdamligini tasdiqladi va bunday jinoyatlarning takrorlanmasligi uchun javobgarchilik olib, adolat uchun harakat qilish zarurligini qayd etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Matbuot xizmati vakili oʻrinbosari Farhan Haq, tashkilotning Nyu-Yorkdagi qarorgohida matbuot anjumani uyushtirdi. Unda BMTning Qatliomning oldini olish boʻyicha maxsus maslahatchisi Elis Veremo Nderetoning, kecha Srebrenitsa xotira markazida oʻtkazilgan rasmiy marosimda ishtirok etgani va Srebrenitsa qatliomi qurbonlari (ba’zilari haligacha bedarak), omon qolganlar va ularning oilalari bilan birdamligini ifoda etganini bildirdi.

Haq,

“Maxsus maslahatchi, bunday jinoyatlarning takrorlanmasligi uchun katta javobgarchilik olib, adolat, tovon puli, haqiqat va butunlay yarashuv uchun harakat qilish zarurligini ta’kidladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Farhan Haq Srebrenitsa qatliomining 27-yilligida Elis Nderetoning qatliomni inkor etish, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlaridan tashqari urush jinoyatchilarini ulugʻlash, nafrat soʻzlari va yakkalovchi soʻzlardan tashvishda ekanini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Eslatib oʻtamiz, 1995-yilning 11-iyulida Ratko Mladich qo‘mondonligidagi Serb qo‘shinlari Srebrenitsani bosib oldi. Ortidan, bosniyalik tinch aholi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi niderlandiyalik askarlardan panoh topdi. Ular keyinchalik serblarga topshirildi.

Ayollar bilan bolalarning Bosnyak askarlari nazoratidagi hududga yetib borishiga ruxsat bergan serblar, kamida 8 ming 372 nafar bosniyalik erkakni o‘rmonzorlar, fabrikalar va omborlarda qatl qildi.

Urushdan keyin bedarak yo‘qolganlarni topish uchun olib borilgan sa’y-harakatlarda jasadlari ommaviy qabrlardan topilgan qurbonlar, shaxsi aniqlangandan keyin har yili 11-iyul kuni Potochari yodgorlik qabristonida uyushtirilgan marosim bilan dafn etilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar