Bucha va Mariupoldan keyin Izyumda ham ommaviy qabr topildi

Vladimir Zelenskiy, Bucha va Mariupoldan keyin Izyumda ham ommaviy qabr topilganini ma'lum qildi.

1880990
Bucha va Mariupoldan keyin Izyumda ham ommaviy qabr topildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, taxminan bir hafta oldin Rossiya qo‘shinlaridan qaytarib olingan Xarkov viloyatidagi Izyum shahrida ommaviy qabr topilganini ma’lum qildi.

Bu haqida Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida:

“Xarkov viloyatining Izyum shahrida yana ommaviy qabr topildi. Kerakli tekshiruvlar davom etmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Xalqaro va ukrainalik jurnalistlarning bugun Izyumga borishini bildirgan Zelenskiy:

“Biz dunyoga nimalar bo‘lganini va Rossiya ishg‘olining nimalarga yo‘l ochganini ko‘rishini istaymiz. Avval Bucha, keyin Mariupol, endi esa Izyum. Rossiya har joyda (ortidan) o‘lim qoldirib ketmoqda. Buning uchun javob berishi kerak”.-dedi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Twitter sahifasida berilgan bayonotda esa, Rossiya kuchlaridan qaytarib olingan Izyum shahrida topilgan ommaviy qabrda 440 kishining jasadi chiqqani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi harbiy hujum boshlatgandi.

 



Aloqador xabarlar