Rossiyaning Stavropol hududida harbiy samolyot halokatga uchradi

“Krasnogvardeyskiy tumanidagi dalaga samolyot qulab tushdi. Uchuvchilar havodan katapultatsiya qilgan. Ekipajning to‘rtinchi a’zosi vafot etgan”, deyiladi xabarda.

2129822
Rossiyaning Stavropol hududida harbiy samolyot halokatga uchradi

 

Rossiyaning Stavropol o‘lkasi hududida harbiy samolyot halokatga uchradi. 

Qayd etilishicha, Stavropol o‘lkasining Krasnogvardeyskiy tumani hududiga samolyot qulagan. Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, Tu-22M3 jangovar topshiriqni bajarib, aerodromga qaytayotgan bo‘lgan.

“Krasnogvardeyskiy tumanidagi dalaga samolyot qulab tushdi. Uchuvchilar havodan katapultatsiya qilgan. Ekipajning to‘rtinchi a’zosi vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar