Isroil hujumlari oqibatiga 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin

Hukumatning G‘azodagi matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning G‘azoga qarshi 210 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

2135278
Isroil hujumlari oqibatiga 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin

Isroil armiyasi tomonidan 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgani yoki vayronalar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkinligi bildirildi.

Hukumatning G‘azodagi matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning G‘azoga qarshi 210 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Unda, Isroil armiyasi 2023 - yilning 7 - oktabridan beri Gʻazo sektoriga qarshi 3070 ta qatliom uyushtirilgani qayd etildi.

Oqibatida Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jami 34 ming 622 kishi halok bo‘lgani, 77 ming 867 nafari tan jarohati olgani ifoda etildi. Ulardan 14 ming 944 nafari yosh bola, 9 ming 849 nafari ayol kishi ekaniga e’tibor qaratilgan bayonotda, 10 ming nafar kishining vayronalar ostida qolib ketgan yoki bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkinligi aytildi.

G‘azoda Isroil hujumlariga duchor bo‘lganlarning 72 foizi ayollar va bolalardan iboratligi ta’kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar