Turkiya-Turkmaniston o’rtasidagi tijoriy aloqalar rivojlanmoqda

Kecha Ankarada tadbirkorlar ishtirokida Turk-Turkman tadbirkorlar forumi o'tkazildi.

82614
Turkiya-Turkmaniston o’rtasidagi tijoriy aloqalar rivojlanmoqda

Turkiya bilan Turkmaniston o’rtasidagi tijoriy faoliyatlar tobora rivojlanib bormoqda.
Kecha Ankarada Turk-Turkman tadbirkorlar forumi o’tkazildi.


Forumga Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi va Turkmaniston Vazirlar kengashi rahbar o’rinbosari Palvan Taganov va boshqa ko’plab tadbirkorlar ishtirok etdi.
Nihat Zeybekchi forumda so’zga chiqib, ikki davlat o’rtasida mazkur yil imzolanadigan shartnoma asosida tijorat hajmida katta o’zgarish kuzatilishini bildirdi.


Zeybekchi ikki davlat hamjihatlikda qadam tashlagan taqdirda, Turkiya 2023, Turkmaniston esa 2030 yilgacha ko’zlagan maqsadlariga osonlikcha erishishini aytib o’tdi.
Turkiya bilan bo’lgan tijoratga ahamiyat berganligini tilga olgan Turkmaniston Vazirlar kengashi rahbar o’rinbosari Palvan Taganov ham o’zaro ziyoratlarning ahamiyatiga to’xtaldi.


Ma’ruzalardan so’ng firma vakillari o’zaro uchrashuvlarni amalga oshirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar