Turkiya bilan Rossiya o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar...

Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi kecha İstanbulda Rossiya İqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayev bilan uchrashdi.

128844
Turkiya bilan Rossiya o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar...

Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi kecha İstanbulda Rossiya İqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayev bilan uchrashdi.
Zeybekchi bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi siyosiy cheklovlarni bartaraf etish bo’yicha kelishib olganini bildirdi.
Shuningdek, Amerika bilan Yevropa İttifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan tadbiq etilgan sanksiya Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi tijoriy aloqalarga zarar bermaganini ma’lum qildi.
Yevropa İttifoqi Turkiya uchun muhim ekanini tilga olgan Zeybekchi, Rossiya bilan bo’lgan iqtisodiy imkoniyatlarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerakligini aytib o’tdi.
Zeybekchining aytishicha, Yevropa İttifoqi yoki Amerikaning Rossiyaga nisbatan tijoriy sanksiya berishiga Turkiyaning hech qanday aloqasi yo’q.
Shuningdek, ikki davlat o’rtasidagi tijoratda turk lirasi va rubldan foydalanishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Milliy pul birligi bilan tijorat qilinganda o’sha davlatlar juda katta imkoniyatni qo’lga kiritishini bildirgan Zeybekchi, “Bu to’g’ridan joriy kamomadimizni to’ldiradigan chiqish yo’llaridan biridir”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar