Fransiya Yevropa İttifoqiga 1 milliard evro mablag’ to’laydi

Fransiya 2008-2012 yillarda Yevropa İttifoqi komissiyasidan mushtarak qishloq-xo’jaligini qo’llab quvvatlash fondidan 40 milliard evro yordam olgan edi.

199715
Fransiya Yevropa İttifoqiga 1 milliard evro mablag’ to’laydi

Fransiya Yevropa İttifoqiga 1 milliard evro mablag’ to’laydi.
Yevropa İttifoqi komissiyasi Fransiyani Yevropa İttifoqidan olib dexqonlarga tarqatgan qishloq-xo’jaligini qo’llab quvvatlash fondlarida qonunbuzarlikka yo’l qo’ygani borasida qaror qabul qildi.
Mazkur qarorga binoan, Fransiya 2017 yilgacha Yevropa İttifoqiga 1 milliard evrodan ko’proq mablag’ni qayta to’laydi.
Yevropa İttifoqi komissiyasi va Fransiya o’rtasida yuritilgan muzokaralarda ushbu qonunbuzarlik tufayli Fransiya hukumatidan 1.8 milliard evro mablag’ni qayta to’lashi talab qilingan edi.
Tig’iz muzokaralardan so’ng, bu mablag’ning 1 milliardga tushirilgani ma’lum qilindi.
Eslatib o’tamiz, Fransiya 2008-2012 yillarda Yevropa İttifoqi komissiyasidan mushtarak qishloq-xo’jaligini qo’llab quvvatlash fondidan 40 milliard evro yordam olgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar