Turkiya asal ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi

Turkiya, asal o’rmonlari bilan qishloq xo’jaligi daromad manbaalarining diversifikatsiyalanib, asal miqdorining orttirilishi rejlashtirilmoqda.

878554
Turkiya asal ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi

Turkiya asal ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi.

Bundan 4 yil muqaddam 2013-yili boshlagan Asal o’rmoni rejasi 2018-2019-yillari ham davom etadi.

Shu doirada asal o’rmonlari bilan qishloq xo’jaligi daromad manbaalarining diversifikatsiyalanib, asal miqdorining orttirilishi rejlashtirilmoqda.

Shuningdek, bugungacha 369 ta asal o’rmoni tashkil etildi. Kelasi ikki yil mobaynida yana 54 ta asal o’rmonining tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Arichilik va asal ishlab chiqarish uchun berilgan yordamlar orqali Turkiya asal ishlab chiqarishda dunyo miqyosida ikkinchi o’rinda turadi.

Asal eksporti ham oxirgi 5 yil mobaynida qariyb 5 barobarga ortdi.

Turkiyaning tabiati boy. Shu bois ham bu boylikning mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo’shadigan holga keltirish maqsadida yangi loyihalar yo’lga qo’yila boshladi.

Aytib o’tish joizki bir yilda 150 ming tonna asal ishlab chiqarilgan Turkiyada 7.7 millionta asalari yashigi bor. Qariyb 150 ming oila asalarichilik bilan shug’ullanadi.

 



Aloqador xabarlar