Joriy yilda Istanbulga 10 mlnga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurdi

2023 yil iyul oyining o'zida Istanbul turli mamlakatlardan 1 873 097 nafar sayyohni qabul qilgan, bu 2022 yilga nisbatan 6 foizga ko‘pdir. Qolaversa, bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich.

2030259
Joriy yilda Istanbulga 10 mlnga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurdi

 

2023 yil iyul oyida Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulga rekord miqdordagi xorijlik sayyohlar tashrif buyurdi.

Bu haqda shahar madaniyat va turizm boshqarmasi xabar berdi.   

2023 yil iyul oyida Istanbul turli mamlakatlardan 1 873 097 nafar sayyohni qabul qilgan, bu 2022 yilga nisbatan 6 foizga ko‘pdir. Qolaversa, bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich. Istanbulga eng ko‘p sayyohlar Rossiyadan kelgan – 185 636 kishi. 

Joriy yilning atigi yetti oyida Istanbulga 9 million 776 ming 635 nafar sayyoh tashrif buyurgan.  

Avgust oyi boshida Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 2023 yilda Turkiyaga kelayotgan rossiyalik sayyohlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilishi mumkinligini aytgan edi.

2022 yilda Turkiyaga 44,6 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 5,2 millioni rossiyaliklar. Rossiyadan kelgan sayyohlar soni bo‘yicha rekord 2018 yilda Turkiyada o‘rnatildi. O'sha yili Turkiyaga Rossiya Federatsiyasining qariyb 6 million fuqarosi tashrif buyurgan. 

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul

Aloqador xabarlar