Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar sonida ortish kuzatildi

Bu yilgi avgust oyida Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar sonida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan ortish kuzatildi.

2041414
Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar sonida ortish kuzatildi

Istanbul yilning 8 oyida 11,5 milliondan ortiq xorijlik mehmonni qabul qildi.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, o‘tgan oyda Istanbulga 2022 - yilning avgust oyiga nisbatan 4,9 foizga ko‘p xorijlik sayyoh kelib, ular soni 1 million 747 ming 611 nafarga yetgan.

Istanbulga o‘tgan oyda eng ko‘p xorijlik sayyoh Rossiyadan (179 ming 17 kishi) kelgan. Rossiyadan keyin 127 ming 486 nafar sayyoh bilan Germaniya, 101 ming 459 nafar sayyoh bilan Eron, 81 ming 257 sayyoh bilan AQSh ekani ma’lum bo‘ldi.

Avgust oyida Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar reytingida Arab davlatlari orasida Saudiya Arabistoni birinchi, Iroq ikkinchi, Quvayt uchinchi va Jazoir to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Yilning 8 oyida esa Istanbulga kelgan jami xorijlik sayyohlar soni 11 million 524 ming 246 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar