Kushadasiga kruiz kemasi orqali 2600 nafar sayyoh keldi

Turkiyaning Aydin viloyatiga qarashli Kushadasi tumaniga kruiz kemasi orqali 2600 nafar sayyoh keldi.

2041569
Kushadasiga kruiz kemasi orqali 2600 nafar sayyoh keldi

Kruiz turizmining muhim markazlaridan biri bo‘lgan Aydinning Kushadasi tumaniga ulkan sayohat kemalari orqali 2600 nafar sayyoh keldi.

Niderlandiya bayrog‘i ilingan “Nieuw Statendam” kruiz kemasi, Kushadasidagi Egey portiga yo‘nashdi.

Kemadan ko‘pchiligi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Britaniya fuqarosi bo‘lgan 2600 nafar sayyoh tushdi.

Sayyohlarning bir qismi Izmirning Selchuk tumanidagi Bibi Maryamning uyi bilan Efes qadimiy shahrini ziyorat qilish uchun ekskursiya avtobuslari bilan portni tark etdi.

Ekskursiyalarda qatnashmagan sayyohlar esa, shahar markazida sayr qilib, bozor qildilar.



Aloqador xabarlar