Kruiz kemasi Bodrumga 2459 nafar sayyoh olib keldi

Turkiyaning Bodrum viloyatiga qarashli Mug‘la tumaniga kruiz kemasi orqali 2459 nafar sayyoh keldi.

2042498
Kruiz kemasi Bodrumga 2459 nafar sayyoh olib keldi

Bagama orollari bayroqli “Norwegian Jade” kruiz kemasi, Mug‘laning Bodrum tumaniga to‘xtadi.

Rodos portidan keyin Bodrum tomon yo‘l olgan 294 metr uzunlikdagi ulkan kruiz kemasi, Bodrum Cruiz portiga keldi.

Kemada ko‘pchiligi amerikalik va kanadalik bo‘lgan 2 ming 459 nafar yo‘lovchi bilan 1029 nafar xodim borligi ma’lum bo‘ldi.

Bojxona tartib – qoidalari ortidan kemadan tushgan sayyohlar, qirg‘oq bo‘ylab sayr qilar ekan ayni vaqtda bozor ham qildilar.

Boshqa tomondan, Bagama orollari bayroqli “Emerald Sakara” deb nomlangan 110 metr uzunlikdagi hashamatli yaxta esa, Kushadasidan kelib langar tashladi.

Yaxtada, 92 yo‘lovchi bilan 76 nafar xodim bo‘lgan.



Aloqador xabarlar