Turkiya bilan Ruminiya tabiiy gaz eksporti bo‘yicha kelishib oldi
Turkiyadan Ruminiyaga bir kunda 4 million kub metrgacha tabiiy gaz eksport qiladi.
Turkiyadan Ruminiyaga bir kunda 4 million kub metrgacha tabiiy gaz eksport qilish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida kelishuvga erishildi.
Bu haqida Turkiyaning BOTAŞ kompaniyasi ma’lumot bo‘lishdi.
BOTAŞ, kelasi 3 yil ichida Turkiyaning eng yaxshi 10 ta eksport firmasi qatoridan o‘rin olish niyatida ekani qayd etdi.
Bayonotda, “Kuniga 4 million kub metrgacha tabiiy gaz yetkazib berishga imkon beruvchi shartnoma doirasida, 1 – oktabrdan e’tiboran Turkiyadan Ruminiyaga quvur liniyasi orqali tabiiy gaz eksport qilish ishlari boshlaydi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.
Tomonlarning tabiiy gaz tijorati bilan bir qatorda yetkazib berish, saqlash, ishlab chiqarish va yashil energiya texnologiyalari sohalarida ham hamkorlik qilish masalasida kelishib olganliklari bildirildi.