Turkiya va Moldova tabiiy gaz eksporti bo'yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda neft transporti aktsiyadorlik jamiyati BOTAŞ kompaniyasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

2043791
Turkiya va Moldova tabiiy gaz eksporti bo'yicha kelishuvga erishdi

 

Turkiyadan Moldovaga kuniga 2 million kub metr tabiiy gaz eksporti bo'yicha kelishuvga erishildi.

Bu haqda neft transporti aktsiyadorlik jamiyati BOTAŞ kompaniyasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, "Energiya asri"ning vizyoni asosida yangi eksport shartnomalari tuzish uchun ko'plab mamlakatlar va kompaniyalar bilan muzokaralar davom etmoqda.

BOTAŞ birin-ketin imzolagan eksport shartnomalari bilan Yevropaning energiya ta'minoti xavfsizligi kafolati bo'lishda davom etmoqda.

"BOTAŞ infratuzilma investitsiyalari, ilg'or uzatish tizimi, geografik joylashuvi va ushbu kuchli infratuzilma tomonidan taqdim etilgan afzalliklardan foydalanib, yangi eksport shartnomalarini tuzishda davom etmoqda. BOTAŞ mamlakatimizni tabiiy gaz savdo markaziga aylantirish maqsadi doirasida, "Turkiya va Yevropaning energiyasi" unvoni bilan tabiiy gaz eksport qiladigan mamlakatlar ro'yxatiga yana bir Yevropa davlatini qo'shdi. Shu nuqtai nazardan, BOTAŞ mintaqada va ayniqsa Moldova energiya bozorida faol rol o'ynaydigan East Gas Energy Trading kompaniyasi bilan tabiiy gaz eksporti shartnomasini imzoladi",-deyiladi bayonotda.

Bugun bo'lib o'tgan marosimda BOTAŞ raisi va bosh direktori Burhan O'zjan va "East Gas Energy Trading Company" bosh direktori Nikolay Gaborak shartnomaga imzo chekdi.

Hozirgacha quvur orqali Gretsiya, Bolgariya, Vengriya va Ruminiya bilan tabiiy gaz eksporti boʻyicha muhim shartnomalar tuzgan BOTAŞ, kelishuv doirasida 1 oktyabrdan boshlab Moldovaga kuniga 2 million kub metr tabiiy gaz yetkazadi.


Tanlangan kalimalar: #BOTAŞ , #Moldova , #Turkiya

Aloqador xabarlar