Erdoʻgʻan sarmoya bozorlaridagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Prezident Erdoʻgʻan, shu bilan yettinchisi uyushtirilgan Turkiyaning Sarmoya bozorlari kongressiga maktub yoʻlladi.

2045183
Erdoʻgʻan sarmoya bozorlaridagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan sarmoya bozorlarini yanada chuqurlashtirish, ularning bazaga yoyilishiga alohida e’tibor berish va uni ustuvor vazifalardan biriga aylantirmoqchi ekanbliklarini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan shu bilan yettinchisi uyushtirilgan Turkiyaning Sarmoya bozorlari kongressiga yoʻllagan maktubida, Respublikamizning 100  - yilligida yanada kuchli, xavfsiz va obod Turkiya maqsadi bilan chiqqan safarda, hormay - tolmay mehnat qilayotganliklarini ta’kidladi.

Erdoʻgʻan oʻsish va savdodan narx barqarorligiga, moliyaviy barqarorlikdan inson sarmoyasi va bandlikka, yashil va raqamli transformatsiyadan tabiiy ofatlarni boshqarishga, davlat moliyasidan tortib ish va investitsiya muhitiga qadar barcha asosiy sohalarda real va qoʻllaniladigan hamda Turkiyaga mos maqsadlar qoʻyganliklarini qayd etdi.

Joriy yilning 6 - fevrali kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishi yoʻl ochgan vayronagarchilikni bartaraf etish, sogʻlom va sifatli iqtisodiy oʻsish bilan bandlikni oshirish, inflyatsiyani yana bir xonali raqamga tushirish va daromad taqsimotini yaxshilashni maqsad qilganliklarini ifoda etgan Erdoʻgʻan, toʻgʻridan - toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni Turkiyaga jalb qilishni rejalashtirganliklarini ifoda etdi.

Istanbul Moliya markazi orqali Turkiyani moliya sohasida ham markazga aylantirmoqchi ekanliklariga e’tibor qaratgan Prezident oʻz soʻzida:

“Soʻnggi 21 yil ichida jami 255 milliard dollarlik xalqaro investitsiyalarni oʻziga jalb etgan davlat sifatida, kelasi davrda sarmoya bozorlarimizni yanada chuqurlashtirish va bazaga yoyishga alohida e’tibor berib, uni ustuvor vazifalardan biriga aylantiramiz”. – deya gapirdi.

Erdoʻgʻan, Turkiyaga ishongan, mamlakatga sarmoya kiritgan va turk iqtisodiyotining porloq kelajagiga e’timod qilgan barcha sarmoyadorlarga eshiklarning ham, qalblarning ham ochiq ekanini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar