Qatarning Turkiyadagi sarmoyasi 20 milliard dollardan oshdi

Qatar poytaxti Dohada Turkiya-Qatar savdo delegatsiyasining ikki tomonlama uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

2045274
Qatarning Turkiyadagi sarmoyasi 20 milliard dollardan oshdi

 

Qatar poytaxti Dohada Turkiya-Qatar savdo delegatsiyasining ikki tomonlama uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir Turkiya Eksportchilar Assambleyasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda so'zga chiqqan Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat Qatarning Turkiyadagi sarmoyasi 20 milliard dollardan oshganini ma'lum qildi.

U o'z nutqida, "EXPO Doha-2023" va Turkiya pavilonining ochilishi munosabati bilan Qatarga katta delegatsiya bilan tashrif buyurganini bildirdi.

Turkiya va Qatar nafaqat yaqin do'st, qo'shni va qardosh davlat, balki strategik sherik ekanligini aytgan O'mer Bolat, ikki davlat o'rtasida yaqinda imzolangan savdo shartnomalari natijasida ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmi yanada ortishiga e'tibor qaratdi.

"Hozirda 2,3 milliard dollar bo'lgan o'zaro savdo hajmimiz va sarmoyalarimiz yanada ortishiga ishonamiz. Turkiyadan Qatarga jiddiy sarmoya kiritilmoqda, Qatarda 727 nafar turk kompaniyasi ish olib bormoqda. Qatarning 220 nafar kompaniyasi Turkiyada muhim loyihalarni amalga oshirdi. Qatarning Turkiyadagi sarmoyalari 20 milliard dollardan oshdi",-deydi u.

Uning ta'kidlashicha, Turk investorlar Qatarning infratuzilmasi va ustki tuzilmasini rivojlantirishda katta loyihalarni amalga oshirdi. 18-19 milliard dollarlik loyihalarni muvaffaqiyatli yakuniga yetkazdi.

Vazir Turkiya va Qatar “Taraqqiyot yo’li” loyihasida ham hamkorlik qilayotganini qo’shimcha qildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qatar

Aloqador xabarlar