Turkiya avtomobil sanoati 2 mlrd 822 mln dollarlik mahsulot eksport qildi

Qayd etilishicha, Turkiya avtomobil sanoatining sentyabr oyida eksporti o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,6 foiz ortib, 2 milliard 822 million 476 ming dollarga yetdi.

2048113
Turkiya avtomobil sanoati 2 mlrd 822 mln dollarlik mahsulot eksport qildi

 

Turkiya avtomobil sanoati sentyabr oyida 2 milliard 822 million dollarlik mahsulot eksport qildi.

Bu haqda Uludag' avtomobil sanoati eksportchilari uyushmasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Turkiya avtomobil sanoatining sentyabr oyida eksporti o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,6 foiz ortib, 2 milliard 822 million 476 ming dollarga yetdi.

Tashqi savdoda “kimyoviy moddalar va mahsulotlar” sektoridan keyin ikkinchi o‘rinda turgan avtomobil sanoati eksportda 14,7 foiz ulushga ega bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar