Turkmaniston Iroqqa yiliga 10 mlrd kub metr tabiiy gaz eksport qilmoqchi

“Turkmangaz” davlat korporatsiyasi va Iroq energetika vazirligi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.

2048274
Turkmaniston Iroqqa yiliga 10 mlrd kub metr tabiiy gaz eksport qilmoqchi

 

Turkmaniston ikki tomonlama valyuta almashish kelishuvi bilan Eron orqali Iroqqa har yili taxminan 10 milliard kub metr tabiiy gaz eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Turkmaniston Oltin Asir telekanali xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Turkmangaz Davlat korporatsiyasi rahbari Maksat Babayev va hamrohligidagi delegatsiya Iroq poytaxti Bag'dodda energetika vaziri Ziyad Ali Fadel bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida energetika sohasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

Tashrif doirasida “Turkmangaz” davlat korporatsiyasi va Iroq energetika vazirligi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Kelishuv doirasida har yili taxminan 10 milliard kub metr Turkmaniston tabiiy gazini Eron orqali svop usuli bilan Iroqqa jo'natish rejalashtirilgan bo'lib, bu transfer uchun Eron Milliy Gaz kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkmaniston

Aloqador xabarlar