Turk lirasi AQSH dollariga nisbatan tarixiy rekord darajada quladi

Xalqaro iqtisodchilarning fikricha, turk valyutasining zaiflashishiga Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi sabab bo‘lgan.

2048270
Turk lirasi AQSH dollariga nisbatan tarixiy rekord darajada quladi

 

Turk lirasi yana AQSH dollariga nisbatan tarixiy rekord darajada qulashni qayd etdi. Xalqaro Forex bozorida AQSH dollari/turk lirasi valyuta juftligi qiymati 2,08 foizga oshdi va bugun, 9 oktyabr kuni bir dollar uchun 28,1125 liraga yetdi. Soat  13:41 ga kelib, kurs bir dollar uchun 27,7 liragacha tushdi, bu avvalgi savdo sessiyasining yopilish darajasidan 0,59 foizga yuqori. 

Xalqaro iqtisodchilarning fikricha, turk valyutasining zaiflashishiga Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi sabab bo‘lgan. 

Mojaro barcha qo‘shni davlatlarga ta’sir qilmoqda, bu turk lirasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Turk lirasining tushishiga dollarning jahon valyuta bozorida deyarli barcha valyutalarga nisbatan kuchli mustahkamlangani ham yordam bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. 

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro qurbonlari soni 1100 ga yaqinlashdi.


Tanlangan kalimalar: #dollar , #TL , #Turk lirasi

Aloqador xabarlar