«Chevron» O‘rtayer dengizidagi «Tamar» konida ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Amerikaning «Chevron» energetika kompaniyasi O‘rtayer dengizidagi «Tamar» konida ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

2048463
«Chevron» O‘rtayer dengizidagi «Tamar» konida ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Amerikaning «Chevron» energetika kompaniyasi Isroil va Xamas o‘rtasidagi mojarolar tufayli Sharqiy O‘rtayer dengizidagi «Tamar» tabiiy gaz konida ishlab chiqarishni Isroil talabiga ko‘ra to‘xtatganini ma’lum qildi.

«Chevron»ning Anadolu agentligiga (AA) e - mail orqali bergan bayonotida, kompaniya faoliyat yuritayotgan ob’ektlar va ishlab chiqarish maydonlarida xavfsizlikni ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Isroil va Xamas o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ortidan kompaniyaning mintaqadagi xodimlarining maʼlumotlari oʻrganilgani qayd etilgan bayonotda:

«Chevron Mediterranean Limited kompaniyasiga Isroil Energetika vazirligi tomonidan Tamar platformasidagi ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berildi». – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Kompaniya, «Tamar» tarkibiga kirmagan «Leviafan» konidan gaz yetkazib berish ishlari esa davom etayotganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Tamar , #Chevron , #Isroil va Xamas

Aloqador xabarlar