Turk Havo Yo'llari va Pegasus Isroilga parvozlarini to'xtatdi

"Isroildagi mavjud vaziyat tufayli parvozlarimiz keyingi ogohlantirishgacha to'xtatildi",-deyiladi e'londa.

2049368
Turk Havo Yo'llari va Pegasus Isroilga parvozlarini to'xtatdi

 

Turk Havo Yo'llari va Pegasus Havo Yo'llari Isroilga parvozlarini vaqtinchalik to'xtatdi.

Bu haqda THY matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qilindi.

"Isroildagi mavjud vaziyat tufayli parvozlarimiz keyingi ogohlantirishgacha to'xtatildi",-deyiladi e'londa.

Pegasus Airlines aviakompaniyasi ham Isroil-Falastin mojarosi sababli parvozlarini keyingi ogohlantirishgacha to'xtatganini e'lon qildi.

Kompaniya 2023-yil 7-oktyabrda yoki undan oldin sotib olingan Isroil reyslari uchun 7-31 oktyabr kunlari chiptalar uchun pulni qaytarish va kunini keyinga oʻzgartirish huquqi berilishini maʼlum qildi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e'lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 187 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Pegasus , #Turk Havo Yo'llari

Aloqador xabarlar