Gabarda kunlik neft ishlab chiqarish hajmi 25 ming barrelga yetdi

Turkiya neft aksiyadorlik kompaniyasi (TPAO) Shirnakdagi Gabar tog'ida kunlik neft ishlab chiqarish hajmi 25 ming barrelga yetganini bildirdi.

2054790

Bu haqda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, Gabar loyihasida kunlik neft ishlab chiqarish hajmi 25 ming barrelga yetgan. TPAO bosh direktori Melih Xan Bilgin bu haqda quyidagicha bayonot berdi.

"Mamlakatimiz iqtisodiyoti va muassasamiz uchun katta qiymatga ega bo'lgan neft ishlab chiqarish davom etmoqda. Maqsadimiz yil oxirigacha birgina Gabar loyihasidan soatiga ishlab chiqarish hajmini 35 ming barrelga yetkazishdir. 2024 yil oxiriga kelib ko'zlagan maqsadimiz 100 ming barrel ishlab chiqarish kuchiga erishishdir. Bu maqsadga erishish uchun bor kuchimiz bilan kechayu kunduz mehnat qilmoqdamiz",-deydi TPAO bosh direktori.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TPAO , #Gabar

Aloqador xabarlar