G‘azoga yana insonparvarlik yordami yuborildi

G‘azoga bugungacha 62 ta yuk tashuvchi mashina orqali insonparvarlik yordami yuborildi.

2055578
G‘azoga yana insonparvarlik yordami yuborildi

G‘azo uchun insonparvarlik yordami olib ketayotgan yana 8 ta yuk tashuvchi mashina “Refah” chegara darvozasiga kirib bordi.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, “Refah” chegara darvozasidan 8 ta yuk tashuvchi mashina orqali shu bilan to‘rtinchi marotaba insonparvarlik yordami Misr Qizil Yarim oy jamiyatiga topshirildi.

Bayonotda yuk tashuvchi mashinalarning 5 tasi suv, 2 tasi oziq - ovqat, 1 tasi esa dori-darmon bilan to‘ldirilgani ma’lum qilindi.

“Refah” chegara darvozasi matbuot xizmati rahbari Vail Abu Muhsin, 23 - oktabr kuni bergan bayonotida, Misrdan yo‘lga chiqqan va insonparvarlik yordam ashyolari tashigan 20 ta yuk tashuvchi mashina “Refah” chegara darvozasidan Gʻazoga kirganiga e’tibor qaratgandi.

Shu bilan G‘azoga bugungacha 62 ta yuk tashuvchi mashina orqali insonparvarlik yordami yuborildi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari 7 – oktabr haftaning shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.



Aloqador xabarlar