Turkiya G‘azoga yana insonparvarlik yordami yubordi

Turkiya bugun G‘azoga 2 ta samolyot orqali yana insonparvarlik yordami yubordi.

2055756
Turkiya G‘azoga yana insonparvarlik yordami yubordi

G‘azo uchun insonparvarlik yordami tashigan yana 2 ta samolyot Turkiyadan Misrga yo‘l oldi.

Sog‘liqni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘janing ma’lum qilishicha, Turkiya G‘azoga yana 2 ta samolyot orqali insonparvarlik yordam ashyosi yubordi.

Ko‘ja mavzu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi hisobida:

“Bu ikkita samolyotdagi yordam ashyosi asosan generatorlar va tibbiy vositalardan iborat. Yordam ashyolari yuklangan samolyotlar soni hozircha 6 taga yetdi. Yordam berish ishlarimiz to‘xtamadi. G‘azolik bemorlarimizga imkon yaratish tashabbuslarimiz shoshilinch tarzda davom etmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #G‘azo , #insonparvarlik yordami

Aloqador xabarlar