Turkiya joriy yilda 7137 tonna asal eksport qildi

Bundan tushgan daromad 23 million 393 ming 402 dollarni tashkil qildi.

2056176
Turkiya joriy yilda 7137 tonna asal eksport qildi

 

Turkiya joriy yilning yilning 9 oyida Amerika Qo'shma Shtatlari, Isroil, Germaniya va boshqa 52 davlatga asal eksport qildi.

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi (DKİB) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda asal ishlab chiqarishda Xitoydan keyin ikkinchi, eksportda esa 12-oʻrinni egallagan Turkiya, joriy yilning yanvar-sentyabr davrida 7 137 tonna asal eksport qildi.

Bundan tushgan daromad 23 million 393 ming 402 dollarni tashkil qildi.

Mamlakatning asal eksportida 9 million 925 ming 259 dollar bilan AQSh birinchi o'rinni egalladi.

Joriy yilning uchinchi choragida asal mahsuloti Xorvatiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Albaniya, Islandiya, Shvetsiya, Suriya, O‘zbekiston va Kamerunga ham eksport qilingan.


Tanlangan kalimalar: #asal , #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar