G‘azoga yana yordam ashyosi yetkazib berildi

G‘azoga bugungacha 74 ta yuk tashuvchi mashina orqali yordam ashyosi yetkazib berildi.

2056470
G‘azoga yana yordam ashyosi yetkazib berildi

Isroil bombardimonlari ostida qolgan G‘azo sektoriga yordam ashyosi olib ketayotgan yana 12 ta yuk tashuvchi mashina Refah chegara darvozasidan o‘tdi.

Refah chegara darvozasi matbuot xizmati rahbari Vail Abu Muhsinning qayd etishicha, G‘azoga kirib borgan 12 ta yuk tashuvchi mashinaga suv, oziq - ovqat va dori - darmon yuklangan.

Muhsin, oxirgi yordam karvoni bilan Isroil tomonidan G‘azoga qarshi hujum boshlatilgan 7 -  oktabrdan beri G‘azo sektoriga kirgan yuk tashuvchi mashinalar soni 74 taga yetganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari 7-oktabr haftaning shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

G‘azodan Isroil tomon minglab raketalar otilar ekan, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirib bordi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.



Aloqador xabarlar