Turkiyada inflyatsiya prognozi 65 foiz etib belgilandi

Bu haqda Markaziy bank raisi Hafiza Gaye Erkan mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat bo‘yicha hisobot taqdim etar ekan, jurnalistlarga ma’lum qildi.

2059708
Turkiyada inflyatsiya prognozi 65 foiz etib belgilandi

 

Turkiya Markaziy banki 2023 yil oxiri uchun inflyatsiya prognozini yangilab, uni 65 foiz etib belgiladi.

Bu haqda Markaziy bank raisi Hafiza Gaye Erkan mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat bo‘yicha hisobot taqdim etar ekan, jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Markaziy bank joriy yil yakuni bo‘yicha o‘rtacha inflyatsiya prognozini 65% gacha o‘zgartirdi. 2024 yilda inflyatsiya sur’atlarini 36%, 2025 yilda 14% bo‘lishini kutmoqdamiz. Bizning qayta ko‘rib chiqilgan minimal va maksimal inflyatsiya koridorimiz 2023 yil uchun 62-68 foiz, 2024 yil uchun 30-42 foizni tashkil etadi”, deydi u. 

Erkan, Markaziy bankning joriy yil iyul oyidagi hisobotida yillik inflyatsiyaning 58 foiz darajasida prognoz qilinganini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prognozni qayta ko‘rib chiqishga so‘nggi oylardagi inflyatsiya darajasi kutilganidan ham oshib ketgani ta’sir ko‘rsatgan, garchi o‘sish sur’ati har oyda pasaymoqda. 

“Bizning pul-kredit siyosatimizni qat’iylashtirishning jami samarasi asta-sekin ko‘rina boshladi. Biz inflyatsiya jarayoni 2024 yilning ikkinchi yarmida boshlanishini kutmoqdamiz. Biz ichki talabning barqarorlashuvi haqida allaqachon signallarni olyapmiz”, deydi Erkan.  

Uning ta’kidlashicha, geosiyosat tufayli energiya jahon narxlarining o‘zgaruvchanligi ham iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va neft-gaz narxlari bo‘yicha prognozlar hamon noaniq. 

Markaziy bank rahbari, shuningdek, Turkiyada pul massasini sterilizatsiya qilish chora-tadbirlari doirasida tartibga soluvchi organ 700 milliard turk lirasini (taxminan 25 milliard dollar) muomaladan olib tashlagani va oxirgi qarorlarga ko‘ra, sterilizatsiyaning umumiy miqdori 1 trillion liradan (taxminan 36 milliard dollar) oshganini ma’lum qildi. Berilgan iste’mol kreditlari hajmi esa ham kamaygan.


Tanlangan kalimalar: #inflyatsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar