EDEX 2023 ko‘rgazmasi oʻz ishini boshladi

EDEX 2023 ko‘rgazmasi Misr poytaxti Qohirada oʻz ishini boshladi.

2072441
EDEX 2023 ko‘rgazmasi oʻz ishini boshladi

Misr poytaxti Qohirada Aselsan, Baykar, BMC va Canik kabi turk firmalari ishtirok etgan Misr Xalqaro Mudofaa Sanoati koʻrgazmasi (EDEX 2023) oʻz darvozasini mahalliy va chet ellik mehmonlar e’tiboriga ochdi.

Dunyoning 40 mamlakatidan 400 ga yaqin firma ishtirok etgan EDEX 2023 ko‘rgazmasi, Misr Prezidenti Abdulfattoh as - Sisiy va Mudofaa vaziri Muhammad Zakiy ishtirokida ochildi.

Unda nutq soʻzlagan Mudofaa vaziri Zakiy, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni larzaga keltirgan urushlar nuqtai nazaridan mudofaa sanoati yarmarkasi alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

“Misr Qurolli kuchlari har doim mamlakat xavfsizligi va barqarorligini himoya qiladi”. – degan Zakiy, xavfsizlik va tinchlikni qoʻllab - quvvatlagan davlatlar bilan hamkorlikda yurtini nishonga olgan har qanday hujumni bartaraf eta oluvchi kuchga erishishga harakat qilganliklarini bildirdi.

Prezident Sisi tomonidan ochib berilgan va bu yil uchinchisi uyushtirilgan EDEX 2023 yarmarkasi, 7 - dekabrga qadar davom etadi.

Yarmarkaga Saudiya Arabistoni, Braziliya va Armaniston kabi davlatlarning ham qiziqishi katta.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Qohira , #as - Sisiy , #EDEX 2023

Aloqador xabarlar