Turkiya 21 davlatga 24 ming tonnadan ortiq losos balig'i eksport qildi

Joriy yilda turk losos balig'i eksporti 41 foiz ortdi, undan tushgan daromad 144 million 600 ming 557 dollarni tashkil qildi.

2073160
Turkiya 21 davlatga 24 ming tonnadan ortiq losos balig'i eksport qildi

 

Joriy yilda turk losos balig'i eksporti 41 foiz ortdi, undan tushgan daromad 144 million 600 ming 557 dollarni tashkil qildi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Saffet Kalyonjuning ta'kidlashicha, joriy yilda 21 davlatga 24 ming 103 tonna losos balig'i eksport qilingan.

U o'tgan yilning shu davriga nisbatan eksport miqdori 68 foizga, qiymat bo'yicha esa 41 foizga o'sib, 14 ming 324 tonna, ya'ni 102 million 851 ming 77 dollarni tashkil qilganini ma'lum qildi.

Kalyonju shuningdek, Turk losos balig'i eksport qilingan davlatlar orasida Rossiya Federasiyasi yetakchilik qilganiga diqqat qaratdi.

"11 oyda mamlakatimizdan 21 davlatga eksport amalga oshirildi. Rossiya Federasiyasi, Vetnam va Belarus eng ko'p eksport qilingan davlatlar bo'ldi. Shu davrda Rossiya Federasiyasiga 100 million 713 ming 349 dollar, Vyetnamga 29 million 711 ming 976 dollar, Belarusga 5 million 293 ming 549 dollarlik losos balig'i eksport qilindi",-deydi Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Saffet Kalyonju.


Tanlangan kalimalar: #losos balig'i , #Turkiya

Aloqador xabarlar