Amasraga kelgan sayyohlar soni 2 mililon nafardan oshdi

Bartin viloyatining Amasra tumaniga kelgan sayyohlar soni 2 million nafardan oshdi.

2077466
Amasraga kelgan sayyohlar soni 2 mililon nafardan oshdi

Turkiyaning Bartin viloyatining Amasra tumaniga kelgan sayyohlar soni joriy yilning 11 oyida 2 million nafardan oshdi.

Amasra qal’asi 2013 - yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, Fan va Madaniyat tashkiloti (UNESCO) Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tumandir va u o‘zining toza qo‘ltiqlari bilan plyajlari, tabiat bilan uyg‘unlashgan go‘zalliklari hamda ko‘proq baliq pishirilgan oshxona madaniyati bilan ham alohida o‘ringa ega.

Transport va infratuzilma vazirligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan, “Amasra porti yoʻlovchi pirslari va yaxta pristanlari” loyihasining yakunlanishi bilan tuman, dengiz orqali kelayotgan xorijlik sayyohlarni ham qabul qilmoqda.

«Sesamos» degan nomi bilan miloddan avvalgi 12 - asrda finikiyaliklar tomonidan qirg‘oq bo‘ylab koloniyalar bilan qurilgan va bir necha davrga oid asarlarni o‘z ichiga olgan Amasraga, bu yilning ilk 11 oyida 2 million 100 ming nafardan ortiq sayyoh keldi.


Tanlangan kalimalar: #Amasra , #Sesamos , #sayyohlar

Aloqador xabarlar