To‘prak: Kruiz turizmida jiddiy o‘shish kuzatildi

Mug‘la viloyati 2023 - yili kruiz kemasi orqali kelgan 88 ming 910 nafar yo‘lovchiga quchoq ochdi.

2082437
To‘prak: Kruiz turizmida jiddiy o‘shish kuzatildi

Turkiyaning Mug‘la viloyati 2023 - yili «suzuvchi mehmonxona» degan nom bilan tanilgan kruiz kemasi orqali kelgan 88 ming 910 nafar yo‘lovchiga quchoq ochdi.

Mug‘la madaniyat va turizm direktori Huseyin To‘prak, 2022 - yildan beri kruiz turizmida jiddiy o‘shish kuzatilganini ma’lum qildi.

To‘prak, Turkiyaning eng uzun (1484 kilometr) sohiliga ega bo‘lgan Mug‘laning kruiz kemalari uchun ham muhim yo‘nalishlardan biri ekanini ifoda etgan holda:

“Bu yil Bodrumga 75 ta kruiz kemasi orqali 62 ming 261 nafar, Marmarisga esa 23 ta kruiz kemasi orqali 26 ming 649 nafar sayyoh keldi. Kruiz kemalari orqali 88 ming 910 nafar yo‘lovchiga quchoq ochgan tumanlar yana shu qadar ko‘p ekipaj va personallarga ham mezbonlik qildi”. – dedi.

Mug‘laning turizmning har qanday sohasida xizmat ko‘rsata oluvchi shaharlardan biri ekaniga e’tibor qaratgan To‘prak, bu yil dunyoning turli davlatlaridan kelgan kemalarning Bodrum va Marmaris portlariga langar tashlagani va asosan Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlari, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya va Britaniyadan kelgan sayyohlarni qabul qilganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Marmaris , #Bodrum , #Mug‘la , #kruiz turizmi

Aloqador xabarlar