“Baykar” kompaniyasi 1 mlrd 766 mln dollar qiymatida texnologiya eksport qildi

Turkiya mudofaa va havo-kosmik sanoatida o’tgan yili eng ko’p eksport qilgan kompaniya 1 milliard 766 million dollar bilan “Baykar” bo’ldi.

2084746

Prezident huzuridagi Mudofaa Sanoati boshqarmasi rahbari Haluk Go'rgun X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qiklishicha, mudofaa sanoati oxirgi 10 yil ichida 185 davlatga 230 turdagi mahsulot eksport qilgan.

"Birgina sektorimiz eksportining 1,7 milliard dollarini o'z zimmasiga olgan "Baykar" kompaniyamiz alohida tahsinga loyiq. O'zi ishlab chiqqan texnologiyalar bilan "o'yinni o'zgartirgan" va butun dunyoning e'tirofiga sazovor bo'lgan "Baykar" kompaniyamiz, 2003-yildan buyon daromadining 83 foizini eksportdan olmoqda va yuqori texnologiyali eksporti bilan mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shmoqda”,-dedi Haluk Go'rgun.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Baykar

Aloqador xabarlar