Turkiya 96 davlatga 10 ming 390 tonna xandon pista eksport qildi

Undan tushgan daromad 151 million 568 ming dollarni tashkil qildi.

2086921
Turkiya 96 davlatga 10 ming 390 tonna xandon pista eksport qildi

 

2023-yilda Turkiyadan 96 davlatga xandon pista eksport qilindi.

Undan tushgan daromad 151 million 568 ming dollarni tashkil qildi.

Shirinlikdan tortib, to taomlargacha qo'llaniladigan xandon pista asosan Shanliurfa va Gaziantepda ishlab chiqariladi.

Janubi-Sharqiy Anadolu eksportchilar uyushmasi ma'lumotlaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilda 179 million 695 ming dollarlik xandon pista eksport qilingandi.

O'tgan yili Germaniya, Italiya, Iroq, Qirg'iziston, Xitoy, Tojikiston, Angliya, Albaniya, Qatar, Hindiston, Turkmaniston, Shveytsariya, Ispaniya, Polsha, Malta, Gana, Yaponiya, Kuba va Ruminiya kabi 96 davlatga Turkiyadan 10 ming 390 tonna xandon pista eksport qilingan.

Ushbu eksport evaziga 151 million 568 ming dollar daromad olingan.

Turkiya eng koʻp xandon pista eksport qilgan mamlakatlardan ro'yxatida Germaniya birinchi o'rinda turadi.

Turkiya o’tgan yili Germaniyaning o'ziga 36 million 9 ming dollarlik xandon pista sotdi.

Germaniyadan keyin 22 million 460 ming dollar bilan Italiya va 12 million 628 ming dollar bilan Iroq keladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xandon pista

Aloqador xabarlar