Turkiya 2023 yilda 120 davlatga choy eksport qildi

Undan tushgan daromad 25 million 388 ming 621 dollarni tashkil qildi.

2088013
Turkiya 2023 yilda 120 davlatga choy eksport qildi

 

Turkiya 2023 yilda 120 davlatga choy eksport qildi. Undan tushgan daromad 25 million 388 ming 621 dollarni tashkil qildi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yili turk choyi 120 mamlakatga sotilgan.

2022 yili 22 million 808 ming 351 dollar sifatida qayd etilgan turk choyi eksporti daromadi, 2023 yilda 11 foizga ortib, 25 million 388 ming 621 dollarga yetdi.

Eksporti har yili ortib borayotgan turk choyiga eng yuqori talab Belgiya, Buyuk Britaniya va Amerika Qo'shma Shtatlaridan kelgan.

Belgiyaga o'tgan yili 8 million 189 ming 149 dollarlik turk choyi sotilgan. Bu davlatga choy eksportidan tushgan daromad 4 million 168 ming 419 dollarni tashkil qilgan. Bu 2022 yilga nisbatan 96 foizga oshdi demakdir.

Belgiyadan keyin 3 million 231 ming 926 dollar bilan Buyuk Britaniya va 2 million 780 ming 540 dollar bilan AQSh joy oldi.

Turkiya avvalgi yillardagidan farqli ravishda Polsha, Slovakiya, Dubay, Braziliya, Antigua va Bermuda, Gabon, San-Tome va Prinsipi, Urugvay, Portugaliya, Dominika, Dominikan, Togo, Latviya, Ruanda va Zambiyaga choy eksport qilgan.



 


Tanlangan kalimalar: #choy , #Turkiya

Aloqador xabarlar