Turkiyaning don va dukkakli mahsulotlari eksportida ortish kuzatildi

O‘tgan 2023 - yili Turkiyaning don va dukkakli mahsulotlari eksportida ortish kuzatildi.

2087333
Turkiyaning don va dukkakli mahsulotlari eksportida ortish kuzatildi

Turkiya 2023 - yili 12,4 milliard dollarlik don va dukkakli mahsulotlar eksport qildi.

Janubi - Sharqiy Anado‘lu eksportchilar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra don, dukkakli mahsulotlar, yog‘li urug‘lar va mahsulotlari tarmog‘i 2023 - yili dunyoning 213 ta davlati bilan erkin iqtisodiy zonasiga 14 million 673 ming 959 tonna mahsulot sotdi.

Undan, 12 milliard 380 million 538 ming dollar daromad olgan tarmoqning bu davrdagi eksport miqdori 2022 – yilga solishtirganda 36 foizga, olingan daromad miqdori esa 8 foizga oshgan.

Tarmoq eng ko‘p eksportni Yaqin Sharq davlatlariga (4 milliard 617 million 524 ming dollarlik), keyin Afrika (2 milliard 787 million 329 ming dollar), keyin esa Yevropa (1 milliard 630 million 585 ming dollar) davlatlariga yo‘lga qo‘ydi.  

Tarmoq mamlakatlardan esa eng ko‘p eksportni Iroq (2 milliard 123 million 367 ming dollar), AQSh (680 million 769 ming dollar) va Eronga (463 million 143 ming dollar) yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar