Turkiya iqtisodiyoti bu yil 3,1 foizga o'sishi taxmin qilinmoqda

Xalqaro Valyuta Jamg'armasi bu yilgi global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,9 foizdan 3,1 foizga oshirdi.

2095559
Turkiya iqtisodiyoti bu yil 3,1 foizga o'sishi taxmin qilinmoqda

 

Xalqaro Valyuta Jamg'armasi Turkiya iqtisodiyotining bu yil 3,1 foizga, kelasi yili esa 3,2 foizga o'sishi kutilayotganini ma'lum qildi.
XVJ bu yilgi global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,9 foizdan 3,1 foizga oshirdi.
Qarorga Qo'shma Shtatlar va ba'zi yirik va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning kutilganidan yuqori chidamliligi va Xitoyning moliyaviy yordami ta'sir ko'rsatdi.
Hisobotda, AQSh iqtisodiyoti uchun o'sish bo'yicha kutilgan 2024 yil uchun 1,5 foizdan 2,1 foizga oshirildi, Yevrozona iqtisodiyoti uchun esa bu yilgi o'sish prognozi 1,2 foizdan 0,9 foizga tushirildi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodlari guruhida Xitoy iqtisodiyotining o'sish taxminlari joriy yilda 4,2 foizdan 4,6 foizga oshirildi.

Hisobotda, Turkiya iqtisodiyotining bu yil 3,1 foiz, kelasi yili esa 3,2 foiz o'sishi kutilayotgani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar