Istanbulga kelgan sayyohlar soni jihatidan rekord oʻrnatdi

Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar soni oʻtgan yilga nisbatan 8,44 foizga oshdi.

2103529
Istanbulga kelgan sayyohlar soni jihatidan rekord oʻrnatdi

Sayyohlar e’tiborini eng koʻp jalb etgan shaharlardan biri boʻlgan Istanbul, oʻtgan yili 17 million 370 ming 30 nafar chet ellik mehmonga quchoq ochish orqali rekord oʻrnatdi.

Madaniyat va turizm vazirligi internet sahifasida oʻrin olgan ma’lumotlarga koʻra, Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar soni oʻtgan yilga nisbatan 8,44 foizga oshdi.

Istanbulga oʻtgan yili 17 million 370 ming 30 nafar chet ellik sayyoh kelar ekan ular orasidan eng koʻpi Rossiya Federatsiyasidan ekani ma’lum boʻldi. Ular soni, 1 million 990 ming 226 nafar deb qayd etildi.

Rossiya Federatsiyasidan keyin Istanbulga eng koʻp sayyoh Germaniya (1 million 286 ming 504 kishi), Eron (1 million 53 ming 638 kishi), Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) (853 ming 766 kishi), Britaniya (701 ming 361 kishi), Saudiya Arabistoni (604 ming 509 kishi) va Fransiyadan (589 ming 149 kishi) keldi.

 



Aloqador xabarlar