Turk losos balig‘i eksportida har yili ortish qayd etilmoqda

Sharqiy Qora dengizdan dunyoning 10 davlatiga 2 ming 251 tonna turk losos balig‘i eksport qilinganini ma’lum qilindi.

2102919
Turk losos balig‘i eksportida har yili ortish qayd etilmoqda

Turk losos balig‘i eksporti har yili 59 foizga ortib, 11 million dollardan ortiq daromad keltirdi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Ahmet Hamdi Gurdo‘g‘an, mintaqadan (Sharqiy Qora dengiz) dunyoning 10 davlatiga 2 ming 251 tonna turk losos balig‘i eksport qilinganini ma’lum qildi.

Bu eksportdan 11 million 240 ming 719 dollar daromad olinganini ifoda etgan Gurdo‘g‘an, buning o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan miqdorda 146, daromadda esa 59 foiz ortish ekaniga e’tibor qaratdi. Eslatib o‘tamiz o‘tgan yili Sharqiy Qora dengizdan 914 tonna losos balig‘i eskport qilinar ekan undan 7 million 77 ming 917 dollar daromad olingan.

Gurdo‘g‘an,

“Yilning birinchi oyida mintaqamizdan dunyoning 10 davlatiga turk losos baliqlari eksport qilindi. Bu davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasi, Vetnam va Yaponiya eng ko‘p eksport yo‘lga qo‘yilgan davlatlardandir. Rossiya Federatsiyasiga 6 million 859 ming 369, Vetnamga 2 million 706 ming 33 va Yaponiyaga 1 million 266 ming 514 dollarlik turk losos balig‘i eksport qilindi”, - dedi.



Aloqador xabarlar