Antaliya sayyohlar soni jihatidan yana rekord o‘rnatdi

Aprel oyida Antaliyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni, o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 4,86 ​​foiz ortdi.

2134727
Antaliya sayyohlar soni jihatidan yana rekord o‘rnatdi

Turkiyaning turizm markazlaridan biri bo‘lgan Antaliya, yana rekord o‘rnatdi.

Aprel oyida Antaliyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni, o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 4,86 ​​foiz ortib, 1 million 61 ming 26 nafarga yetdi.

Bu raqam, Antaliya turizmida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Aprel oyida Antaliyaga eng ko‘p Germaniya (259 ming 717 nafar), Rossiya (194 ming 949) va Britaniyadan (141 ming 497) sayyoh keldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Antaliya , #turizm markazlari

Aloqador xabarlar