Standard & Poor's Turkiyaning kredit reytingini "B"dan "B+"ga oshirdi

Bayonotda, Turkiyadagi mahalliy saylovlardan keyin (31-mart) pul, moliya va daromad siyosatlari o'rtasidagi koordinatsiyaning tashqi muvozanatning ta'siri bilan yaxshilanishi taxmin qilingani ta'kidlandi.

2135362
Standard & Poor's Turkiyaning kredit reytingini "B"dan "B+"ga oshirdi

 

Xalqaro kredit reyting agentligi Standard & Poor's (S&P) Turkiyaning kredit reytingini "B"dan "B+"ga oshirdi.

S&P tomonidan berilgan bayonotda, Turkiyaning kredit reytingi prognozi "ijobiy" sifatida saqlanib qolgani bildirildi.

Bayonotda, Turkiyadagi mahalliy saylovlardan keyin (31-mart) pul, moliya va daromad siyosatlari o'rtasidagi koordinatsiyaning tashqi muvozanatning ta'siri bilan yaxshilanishi taxmin qilingani ta'kidlandi.

Kelgusi 2 yilda portfel oqimining oshishi, joriy hisob-kitoblar taqchilligi qisqarishi, inflyatsiya va dollarlashuv darajasining pasayishi qayd etildi.

Bayonotda siyosatchilar joriy hisob taqchilligi toraygan va dollarlashuv teskari tomonga o'zgargan bir muhitda inflyatsiyani kamaytirishni maqsad qilgan.

Liraga bo’lgan ishonchni tiklay olsa, Turkiyaning kredit reytingini oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Mamlakat iqtisodiga oid prognozlar ham o'rin olgan bayonotda, Turkiya iqtisodiyotining bu yil va kelgusi yil 3 foiz o'sishi kutilayotgani ta'kidlandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar