Amasradagi kruiz turizmida ortish kuzatildi

Amasra, sayohat qilish uchun eng chiroyli shaharlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

2134754
Amasradagi kruiz turizmida ortish kuzatildi

Birinchi kruiz kemasini 2022 - yilning avgust oyida qarshi olgan Turkiyaning Bartin viloyatiga qarashli Amasra tumaniga kelgan sayyohlar soni 44 ming 319 nafarga yetdi.

Ko‘proq rossiyalik sayyohlar bilan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra Amasra, sayohat qilish uchun eng chiroyli shaharlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Mintaqaga kelayotgan kemalar sonining ortishi bilan bu yil yo‘lovchilar sonining 60 ming nafarga yetishi kutilmoqda.

Tumanga kelayotgan sayyohlar Amasraning tabiati va dengizini ajoyib deb baholar ekan ayni vaqtda tinch va sokinligiga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Sayyohlar tumanning mashhur baliqlaridan tashqari mahalliy aholini ham yaxshi ko‘rganliklari uchun shaharga yana kelish niyatida ekanliklarini ta’kidlamoqda.


Tanlangan kalimalar: #Amasra , #sayyohlar , #kruiz kemasi

Aloqador xabarlar