Turk dunyosi bolalar shodiyonalari o’z nihoyasiga yetdi

Bolalar ishtirokidagi qo’shiq tanlovida kuylangan bir-biridan jarangdor qo’shiqlar barchaga manzur bo’ldi.

85098
Turk dunyosi bolalar shodiyonalari o’z nihoyasiga yetdi

İstanbulda o’tkazilgan Turk dunyosi bolalar shodiyonalari o’z nihoyasiga yetdi.
Bolalar ishtirokidagi qo’shiq tanlovida bir-biridan jarangdor kuy-qo’shiqlar barchaga manzur bo’ldi.
Turk dunyosi tadqiqot jamiyati tomonidan uyushtirilgan tanlovda jyuri a’zolari g’olibni tanlashga qiynaldi.
Finalga qolgan 10 ishtirokchi ichidan Chuvashistonlik Anna Orlova “Kerekere” nomli qo’shig’i bilan birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
Kabartay Balkar Avtonom Respublikasidan Alina Tezova “Ona” deb nomlangan qo’shig’i bilan 2-o’ringa loyiq deb topildi.
Qozog’istondan Janshiray Tursinali ham “Qaratorg’ay” nomli qo’shig’i bilan 3-o’rinni egalladi.
San’atkorlar ijrosidagi qo’shiqlar tomoshabinlarga manzur bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar