Va nihoyat "Gerakl" tosh tobuti Turkiyaga qaytarib kelindi

Qariyb 50 yil muqaddam chet elga olib qochilgan “Gerakl” tosh tobuti kecha o’z ona vataniga, yani Turkiyaga qaytarib kelindi.

807079
Va nihoyat "Gerakl" tosh tobuti Turkiyaga qaytarib kelindi

Turkiyaning Antaliya viloyatining Aksu tumanidagi Perge nomidagi antik shaharchadagi noqonuniy qazish ishlari chog’ida topilib, qariyb 50 yil muqaddam chet elga olib qochilgan “Gerakl” tosh tobuti kecha o’z ona vataniga qaytarib kelindi. Shveytsariya bojxonasida topilgan “Gerakl” tosh tobuti Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari tomonidan Jenevada qabul qilib olindi. O’rash va muhrlash ishlari ortidan tosh tobut avtomobil yo'li orqali Zurichga olib kelinar ekan ortidan, Turk havo yo’llariga oid yuk tashuvchi uchoqda Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi aeroportga olib kelindi. Ushbu tosh tobut bugun Antaliya aeroportiga tushiriladi. Antaliyada esa, Antaliya muzeyi direktorligiga topshirilib, muzeyde namoyish etiladi.   



Aloqador xabarlar