O'zbekistonda “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” bo‘lib o‘tdi

Haftalik davomida muhokama etilgan masalalar, erishilgan kelishuvlar mamlakatda ziyorat turizmini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

1902396
O'zbekistonda “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” bo‘lib o‘tdi

 

O'zbekiston bo‘ylab 1-3 noyabr kunlari “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O'zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatda ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga chiqarish, O‘zbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishi, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Haftalik doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.



Aloqador xabarlar