Istanbulda 250 yildan ortiq tarixga ega Rami kutubxonasi ochildi

Istanbulning Ayubsulton tumanida Ayub-Rami chegaralari ichida joylashgan Rami kazarmasi 1757-1774 yillarda Usmoniylar sultoni Mustafo III hukmronligi davrida qurilgan.

1937899
Istanbulda 250 yildan ortiq tarixga ega Rami kutubxonasi ochildi

 

Istanbulda mamlakatdagi eng katta kutubxona - Rami kutubxonasi ochildi. Kutubxona binosi 250 yildan ortiq tarixga ega.

Istanbulning Ayubsulton tumanida Ayub-Rami chegaralari ichida joylashgan Rami kazarmasi 1757-1774 yillarda Usmoniylar sultoni Mustafo III hukmronligi davrida qurilgan. Keyinchalik 1828 va 1829 yillarda Mahmud II hukmronligi davrida qayta tiklanadi va kengaytiriladi.

Bu majmua tarixda Rami Manor (tur. Rami Çiftliği)dagi Artilleriya kazarmasi (tur. Topçu Kışlasi) nomi bilan mashhur bo‘lgan. U Usmonlilar harbiy islohoti doirasida yangi namunaviy armiya (Nizam-i Cedid, tom ma’noda «yangi tartib») askarlari uchun qurilgan muhim harbiy inshoot edi.

Rami kazarmasi Qrim urushi (1853-1856) davrida Sulton Abdulmajid I (1839-1861 yillarda hukmronlik qilgan)ning harbiy shtab-kvartirasi bo‘lib xizmat qilgan. Culton Abdul-Hamid II davrida (1876-1909 yillarda hukmronlik qilgan) hozirgi ko‘rinishga keltirilgan.

Istanbul Birinchi jahon urushida ittifoqchilar tomonidan bosib olinganda (1918-1923) fransuz qo‘shinlarining Jazoir bo‘linmalari Rami kazarmalarida joylashgan edi.

1923 yildan keyin va 1960-yillargacha, respublika davrida Rami kazarmalari turk armiyasi tomonidan foydalanilgan. Harbiylar u yerni tark etgach, birmuncha vaqt bo‘sh qoladi. Ayub shahar hokimiyati binolarni quruq oziq-ovqat ulgurji savdogarlariga beradi.

1972 yilda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi kazarmani madaniy qadriyat obekti sifatida ro‘yxatga oladi. Ular Turkiya qurolli kuchlari tomonidan dam olish maskani sifatida foydalanish uchun Istanbul shahar hokimiyatiga topshirilgandi.

1986 yilda Rami kazarmasi oziq-ovqat do‘konlari shahar bo‘yida joylashgani sabab Istanbulning o‘sha paytdagi hokimi Badriddin Dalan (u bu lavozimni 1984-1989 yillarda egallagan) tomonidan yana vaqtincha oziq-ovqat ulgurji savdogarlariga berilgan.

Bu atrof-muhit ifloslanishiga va shovqinga sabab bo‘ladi. O‘shandan beri kazarma binosi qisman oziq-ovqat ulgurji savdogarlari tomonidan bozor sifatida foydalanib kelingan. Uning hududida jami 1500 ga yaqin oziq-ovqat do‘konlari joylashgan edi.

Arxitektura

Rami kazarmalari majmuasi 75 000 kvadrat metr maydonga ega, shundan 33 000  kvadrat metri  binolarni egallaydi. Rami kazarmasining umumiy foydalanish maydoni 220 000 kvadrat metr.

Rami kazarmasida 200x200 metr o‘lchamdagi xonalar hovlini o‘rab olgan. Sakkiz qanotli va beshta blokdan iborat. Ular tosh yordamida qurilgan va ko‘p marta ta’mirlangan.

Qayta tashkil etish

2010 yilda shahar topografiya va yodgorliklar boshqarmasi qisman buzilgan va haqiqiyligini yo‘qotgan binoni rekonstruksiya qilishga qaror qiladi. Ushbu maqsadlar uchun tender 2014 yil 4 avgustda e’lon qilingandi.

Rami kutubxonasining ochilish marosimi joriy yilning 2023 yil 13 yanvar kuni bo'lib o'tdi.

Kutubxonada kitobxonlarga xizmat qiladigan 36 ming kvadrat metrli yopiq maydon bilan birga 51 ming kvadrat metrli milliy bog‘ ham mavjud. Rami nafaqat kutubxona, balki ko‘plab tadbirlar o‘tkazish uchun madaniyat markazi hamdir.

Kutubxona haftaning har kuni, 24 soat xizmat qiladi. Hozircha 4200 o‘ringa mo‘ljallangan 2 million kitob fondi mavjud. Kutubxona ichida "Otaturk ixtisoslashtirilgan kutubxonasi" ham 25 ming jildli kitoblar bilan o‘z sohasidagi muhim ehtiyojni qondiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya Respublikasi 100 yilligini 100 ta yangi kutubxona bilan kutib olishni o‘z oldiga maqsad qilgan. 2021 yilgi statistika ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatda 1 ta milliy kutubxona, 1252 ta davlat kutubxonasi, 612 ta universitet kutubxonasi va 32 690 ta rasmiy va norasmiy ta’lim muassasalari kutubxonalari mavjud.

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Rami kutubxonasi

Aloqador xabarlar