Misrda ikki ming yillik aholi punkti topildi

Luksor ibodatxonasiga tutash hududda M. A. 30 – M. K. 395 - yillarga oid Rim davridan qolgan ilk turar - joy shahri topilgan.

1938286
Misrda ikki ming yillik aholi punkti topildi

Misr janubidagi Luksor shahrida Rim davriga oid taxminan ikki ming yillik aholi punkti topildi.

Turizm va tarixiy asarlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, shaharning sharqiy tomonidagi Luksor ibodatxonasiga tutash hududda M. A. 30 – M. K. 395 - yillarga oid Rim davridan qolgan ilk turar - joy shahri topilgani ifoda etildi.

Qadimgi Fiv shahrining davomi ekani bildirilgan hudud, Luksor gubernatorligining sharqiy qirgʻogʻidagi “eng muhim va eng qadimgi aholi punkti” sifatida qayd etilgan.

Hozirgi vaqtda Luksor shahri sifatida tanilgan Fiv shahri, Misrning eng muhim shaharlaridan biri hisoblanadi.

Qadimgi Fiv shahri bilan uning qabrlari 1979 – yili, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xuzuridagi Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha (UNESCO) doimiy vakolatxonasining Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Rim davri , #Luksor shahri

Aloqador xabarlar