8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin!

Turkiya ovozi radiosi ijodiy jamoasi sifatida, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan barcha mo‘tabar onaxonlarimizni, opa-singillarimizni chin yurakdan tabriklaymiz!

1956551
8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin!

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan ushbu kun, mamlakatning ijtimoiy va siyosiy xayotida ayollarning o‘rnini va nufuzini mustahkamlash, hayotning har bir sohasida ular erishgan muvaffaqiyatlarni baholashga bag‘ishlangan. Shu bois har yili 8-mart kuni ayollarning jamiyatdagi teng huquqlari va ular ulashgan yutuqlar ta’kidlanib ayni vaqtda muammolari, g‘am-tashvishlari shuningdek orzu-tilaklari tilga olinadi.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatida ayollar teng huquqli fuqarolar sifatida o‘z o‘rnini isbotladi. Shu bilan birga ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy sohada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Lekin shunga qaramay o‘z huquqidan to‘liq foydalanishda qiyinchililarga uchragan xotin-qizlarimiz ham bor. Ta’lim ololmagan, zo‘rovonlikka maruz qolgan, ish hayotida yoki oilada yakkalangan ayollar shular qatoridan va eng yomoni bu muammo dunyoning bir necha davlatida haligacha davom etib kelmoqda. Shunga qarshi kurashish maqsadida Turkiyada olib borilgan faoliyatlar ma’lum darajada natija berib, oxirgi paytlarda mamlakatda qiz bolalarning savodxonlik nisbati, ayollarni ish bilan ta’minlash nisbati ancha ortdi. Shuningdek, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni tubdan yo‘q qilishga qaratilgan bir qator zarur choralar ko‘rildi va ko‘rilmoqda.

Oliy ma’lumotli, o‘ziga ishonchi baland ayollar dunyoni har tomonlama ilg‘or saviyaga olib chiqadi va bunga ishonchimiz komil.

Shunday ekan bugun biz ham, Turkiya ovozi radiosi ijodiy jamoasi sifatida, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan barcha mo‘tabar onaxonlarimizni, opa-singillarimizni chin yurakdan tabriklaymiz! Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!



Aloqador xabarlar